Mountains

Markaz haqida

Markazning tashkil etilishi

Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti (TUIT) qoshidagi Javohirlal Neru O'zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi - JNIUCIT Hindiston hukumatining moliyaviy yordami asosida CDAC (Ilg'or axborot texnologiyalari markazi, Hindiston) tomonidan tashkil etilgan. 2006-yil 26-aprelda bo'lib o'tgan markazning ochilish marosimida Hindiston bosh vaziri Manmoxan Singh ishtirok etdi.

Markazning barcha IT infrastrukturasi, kurs rejalari hamda o'quv materiallari CDAC tomonidan tashkil etildi. Hamkorlik doirasida TATU va CDAC tomonidan tanlab olingan 10 nafar magistr talabalar 6 oy davomida Puna shaxridagi CDAC treyning markazida malaka oshirib qaytishdi.

O'tgan 12 yil davomida markazda Kompyuter savodhonligi, Dasturlash asoslari, Veb dasturlash, Mobil dasturlash kabi kurslarda 32000 dan oshiq tinglovchilar o'z bilim va malakalarini oshirishdi.

Markazning yangilanishi

JNIUCIT markazi Hidiston va O'zbekiston o'rtasidagi davlatlaro hamkorlikning yorqin namunasi sifatida ko'riladi va ayni shu sabab markazni qaytadan yangilash hamda CDAC tomonidan qo'shimcha qo'llab quvvatlash ko'rsatishga qaror qilindi. Natijada 2013-yil 14-martda JNIUCITni qaytadan yangilash bo'yicha kelishuv imzolandi. Hukumatlararo loyihaning ushbu 2-fazasi CDAC tomonidan loyiha boshqaruvchisi va konsultanti sifatida ijro etildi.

Bu fazada CDAC va JNIUCIT tomonidan tanlab olingan O'zbekistonlik jami 10 nafar magistrlar 2013-2014 yillarda Puna shaxrida 6 oylik malaka oshirish kurslarida o'qib qaytishdi.

2014-yil yanvar oyida CDAC tomonidan markazdagi IT infrastruktura, trening kurslar hamda kutubxona tubdan yangilandi.

CDAC haqida

CDAC - Hindiston Axborot texnologiyalari va Elektronika vazirligi (MEIT)ning bosh R&D tashkiloti hisoblanib, axborot texnologiyalari, elektronika kabi tegishli sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi. Bundan tashqari ilm-fan rivojlanishi hamda ishlab chiqarishdagi paydo bo'layotgan imkoniyatlardan kelib chiqib turli davrlarda uning turli bo'limlari tashkil etilgan.

1988-yilda tashkil etilgan CDAC ning asosiy maqsadi - superkompyuterlar ishlab chiqish bo'lgan edi. Uning eng birinchi yaratgan 1 Gigaflops hisoblash quvvatiga ega PARAM superkompyuteridan boshlab to hozirgacha CDAC tomonidan superkompyuterlarning bir necha avlodi yaratildi hamda amaliyotga joriy etildi.

CDAC hozirda nafaqat Hindiston, balki dunyo bo'yicha AKT sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi eng yirik markazlardan biri hisoblanadi, Hindistonning milliy texnologik imkoniyatlarini oshirish hamda AKT bozorida bo'layotgan o'zgarishlarga javob berish maqsadida ilg'or dasturiy hamda texnik yechimlar ishlab chiqish bilan shug'ullanib kelmoqda.

Mountains

Bizning jamoa bilan tanishing

Shavkat Hamidjonov

Trener

Shuhrat Mahmudov

Trener

Sanjar Toshev

Trener

Zafar Mirzaboyev

Javaharlal Neru nomidagi
O'zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi

Dasturlash bu san'atdir, chunki u mavjud bilimlarni amaliy qo'llaydi, u yaratuvchanlik va tajribalarni talab etgan holda go'zallikni yaratadi.

O'rganishni boshlang Biz bilan bog'laning