Backend dasturlash

Backend dasturlash

Sizni Backend dasturlash o‘quv kursimizga taklif etamiz!

Bu yerda biz Backend dasturchi bo‘lish uchun sizga kerakli bo‘lgan barcha bilimlarni ulashuvchi kursimizni taklif etamiz. Kurs sizda yangi ko‘nikmalar hosil qilib, mavjudlarini yaxshilashga ko‘mak beradi. Har bir modulda sizga vazifalar va testlar berib boriladi. Kurs tinglovchisiga keyingi mavzuga o‘tishdan oldin oldingisining qanchalik o‘zlashtirganligini sinab ko‘rish imkoniyati taqdim etiladi.

Asosiy mavzular:

Umumiy hajmi 6 oyni tashkil etuvchi ushbu kurs quyidagi modullarni o‘z ichiga oladi:

  1. Foundation (1,5 oy);
  2. HTML/CSS (0,5 oy);
  3. PHP asoslari (1 oy);
  4. PHP va MySQL (1 oy);
  5. PHP va Laravel (1,5 oy);
  6. CMS asoslari (0,5 oy).

Darslar osonidan qiyiniga qarab o‘rgatish tartibida joylashtirilgan. Frontend dasturlash sohasini o‘rganish bilan bir qatorda, tinglovchilarimizga yuqoridagi modullarga qo‘shimcha sifatida 4 OY davomida INGLIZ TILI (ENGLISH for IT), 3 OY davomida MATEMATIKA hamda SOFT SKILLS bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi.

Talablar:

– kompyuter savodxonligi bo‘yicha boshlang‘ich bilimlar;

– klaviaturada o‘rta yoki yuqoriroq tezlikda matn kiritish ko‘nikmalari;

– o‘rganish uchun bo‘lgan chinakam istak;

– yosh bo‘yicha minimal talab – 16 yosh.

Yordam olish:

Backend dasturlash kursi o‘zlashtirish uchun imkon qadar qulay tuzilgan. Ehtimol, ertami-kechmi nimadir tushunarsiz bo‘lishi yoki qaysidir kod ishlamay qolishi bilan bog‘liq biror jiddiy vaziyatga duch kelishingiz mumkindir.

Havotir olmang. Biz hammamiz qiyinchiliklarga duch kelamiz, endigina boshlaganlar ham, hattoki professional veb-dasturchilar ham. Mentor va tyutorlarimiz sizga hamisha yordam berishga tayyor. Biror muammoga duch kelgan paytingiz, bemalol murojaat etishingiz mumkin.

Sizlarni kursimizda kutib qolamiz, Omad sizga yor bo‘lsin!

Foundation (1,5 oy, 72 soat)

HTML/CSS (0,5 oy, 24 soat)

PHP asoslari (1 oy, 48 soat)

PHP va MySQL (1 oy, 48 soat)

PHP va Laravel (1,5 oy, 72 soat)

CMS asoslari (0,5 oy, 24 soat)

Qo‘shimcha ravishda o‘tiladi:

  • – English for IT (4 oy davomida, 64 soat);

  • – Matematika (1 oy davomida, 16 soat);

  • – Soft Skills (1 oy davomida, 16 soat);

  • – Amaliyot (2 oy davomida).

Kurs detallari

  • Daraja Professional
  • Narxi 950 000 soʻm / oy
  • Davomiyligi 6 oy (384 soat)

Kursga yozilish

Batafsil

  • Web dasturlash
  • Daraja Professional
  • Narxi 950 000 soʻm / oy
  • Davomiyligi 6 oy (384 soat)

Dars kunlari

  • Guruh-BE-01. 16:00 - 20:20 (Se, Pay, Sha)

Javaharlal Neru nomidagi
O'zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi

Dasturlash bu san'atdir, chunki u mavjud bilimlarni amaliy qo'llaydi, u yaratuvchanlik va tajribalarni talab etgan holda go'zallikni yaratadi.

O'rganishni boshlang Biz bilan bog'laning