Apple 6G texnologiyasini ishlab chiqadi. 24.02.2021

Apple 6G texnologiyasini ishlab chiqadi.

Apple kompaniyasini bilmagan odam bo‘lmasa kerak. Kompaniya saytida yaqinda bir eʼlon paydo bo‘ldi, unda oltinchi avlod, yaʼni 6G tarmoqlarini ishlab chiqish va tadqiq qilish uchun bir necha bo‘sh ish o‘rinlari borligi yozilgan. Maʼlum bo‘lishicha, 6G tarmoqlari bo‘yicha Apple birinchilardan bo‘lishni istaydi va bunga erishish uchun barcha choralarni ko‘radi.

Dunyoning boshqa top kompaniyalari ham 6G texnologiyasini ishlab chiqish borasida bosh qotiryapti, O‘zbekistonda esa hali-hamon 4G tarmoqlari to‘liq tatbiq qilinmagan.

🔹 Siz dasturlash tillarini bilsangiz, O‘zbekistonda IT sohasini yangi pog‘onalarga olib chiqishingiz, dunyo tan oladigan yangiliklarni amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun kuchli istak, ishtiyoq va mehnat talab qilinadi, xolos!

Javaharlal Neru nomidagi
O'zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi

Dasturlash bu san'atdir, chunki u mavjud bilimlarni amaliy qo'llaydi, u yaratuvchanlik va tajribalarni talab etgan holda go'zallikni yaratadi.

O'rganishni boshlang Biz bilan bog'laning