Backend va Backend-dasturchi 27.02.2021

Backend va Backend-dasturchi

Maʼlumki, saytlar biz http so‘rovnomalarini jo‘natadigan serverlar orqali ishlaydi. Soddaroq aytganda, biz saytga kiramiz, biror manzil bo‘yicha so‘rovnoma yuboramiz va ushbu manzildan javob olamiz. Server bizning so‘rovnomani qabul qilib oladi, unga ishlov beradi va natijani bizga jo‘natadi.

🔸 Frontend saytning foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan qismi bo‘lsa, Backend — bu admin uchun mo‘ljallangan qismi.

Shunday qilib, dasturlash sohasida server bilan bog‘liq barcha jarayonlar Backend deyiladi. Server kodi, uning miqyosi, to‘g‘riligi, xavfsizligi uchun javob beruvchi mutaxassis esa Backend-dasturchi deyiladi. Dasturchidan brauzerning veb-ilovalar bilan o‘zaro munosabatining qonun-qoidalarini va tarmoq protokollarini tushunish talab qilinadi.

Bizning Backend-dasturlash kurslarimizga yozilib, siz ushbu yuqori daromadli sohani yuqori darajada o‘rganishingiz mumkin.

Javaharlal Neru nomidagi
O'zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi

Dasturlash bu san'atdir, chunki u mavjud bilimlarni amaliy qo'llaydi, u yaratuvchanlik va tajribalarni talab etgan holda go'zallikni yaratadi.

O'rganishni boshlang Biz bilan bog'laning