Dasturchi “Informatika” fanini bilishi kerakmi? 18/03, 18:21

Dasturchi “Informatika” fanini bilishi kerakmi?

⌨️ Maktablarda informatika kursi taxminan quyidagi darslardan iborat bo‘ladi:
• kompyuterni ishga tushirish;
• kompyuterni o‘chirish;
• papkani qanday qilib ochish/yaratish/o‘chirish;
• MS Word'da ishlash;
• qanday qilib Pascal va HTML'da daftarga dasturlar yozish.

💻 Dasturchi, albatta, bularning barchasini bajara olishi kerak, ammo informatika — bu nafaqat kompyuter savodxonligi: bu axborot, uni yig‘ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash, shifrlash va ma’lumotlar ustida amalga oshiriladigan boshqa amallardan iborat fandir. Bundagi bilim dasturchiga kod yozishda ham, uni optimallashtirishda ham yordam beradi.

Shu tufayli informatikaga bir oz bo‘lsa-da kirish lozim, chuqurroq o‘zlashtirish esa — faqat o‘z xohishingizga bog‘liq.

Javaharlal Neru nomidagi
O'zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi

Dasturlash bu san'atdir, chunki u mavjud bilimlarni amaliy qo'llaydi, u yaratuvchanlik va tajribalarni talab etgan holda go'zallikni yaratadi.

O'rganishni boshlang Biz bilan bog'laning