Dasturchiga statistika kerakmi? 02.03.2021

Dasturchiga statistika kerakmi?

Dasturchi analitika bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsa, unda statistikasiz uzoqqa siljiy olmaydi. Uning yordamida tadqiqotlarda ko‘mak beruvchi qonuniyatlar aniqlashtiriladi.

📌 Masalan, qaysi maqolalar ko‘proq trafik olib kelganini va bu nima uchun shunday ekanligini aniqlaydigan dastur yozish mumkin. Buning uchun barcha o‘xshash holatlar topiladi va ularning ko‘rsatkichlari taqqoslanadi:
• hafta kuni va nashr vaqti;
• maqola formati;
• hajmi;
• reklama xarajatlari;
• mavzu;
• muallif;
• til;
• kalit so‘zlar miqdori.

🔹 Shuningdek, statistika va algoritmlardan foydalangan holda avtomatik tarzda aqlli bo‘lib boruvchi sun’iy intellektni yaratish mumkin — shunda dasturchiga sun’iy intellektning o‘zi tomonidan qonuniyatlar aniqlanishini kutish kerak bo‘ladi xolos.

Kerak: analitiklar, olimlar, sun’iy intellekt ishlab chiqaruvchilariga

👨🏻‍💻 Dasturlashni mukammal o‘rganishni istaganlarni markazimizda tashkil etilgan kurslarimizga taklif qilamiz!

Javaharlal Neru nomidagi
O'zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi

Dasturlash bu san'atdir, chunki u mavjud bilimlarni amaliy qo'llaydi, u yaratuvchanlik va tajribalarni talab etgan holda go'zallikni yaratadi.

O'rganishni boshlang Biz bilan bog'laning