Instagram haqida nimalarni bilasiz? 29/03, 14:39

Instagram haqida nimalarni bilasiz?

🚀 Bugun Instagram'ni butun dunyo biladi. Albatta, axir rasmlarni tezkorlik bilan tahrirlash va joylash imkonini beruvchi bu ilovada turli davlatlardan millionlab odamlar oʻz rasmlarini joylaydilar, bir-birlari bilan muloqot qiladilar, mashhurlikka erishadilar, oʻz bizneslarini yaratadilar va rivojlantiradilar.

👨🏻‍💻 Ilovaning asoschilari Kevin Sistrom va Mayk Krigerlardir. Ular dastlab yirik IT firmalarda ishlashadi, tajriba yigʻishadi. Kevin Google'da ishlaydi, Mayk esa Microsoft'da. Ularning maqsadi rasmlarni tahrirlovchi dastur yaratish boʻlgan.

🔹 2010-yilning oktyabrida ilova App Store'da paydo boʻlgan. Bir kundayoq uni 25 000 foydalanuvchi yuklab oladi va obuna boʻladi, bir haftaning ichida esa ularning soni 100 mingga yetadi. Mualliflar yangi 2012-yilni katta xursandchilik bilan kutib olishadi, negaki u paytda foydalanuvchilar soni 1 millionga yetadi. Oʻsish surʼati nihoyatda yuqori boʻladi.

💰 2012-yilning bahorida Sistromni Facebook asoschisi Mark Sukerberg chaqiradi va unga 1 milliard dollar taklif qiladi. Tabiiyki, bunday taklifni rad etib boʻlmaydi. Mark Instagramni sotib oladi.

✅ Siz ham shu kabi dasturlar yaratishga qiziqasizmi?
Markazimiz eshiklari siz uchun hamisha ochiq. Keling, o‘rganing va orzuingizdagi loyihani amalga oshiring!

Javaharlal Neru nomidagi
O'zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi

Dasturlash bu san'atdir, chunki u mavjud bilimlarni amaliy qo'llaydi, u yaratuvchanlik va tajribalarni talab etgan holda go'zallikni yaratadi.

O'rganishni boshlang Biz bilan bog'laning