Mark Sukerberg 26/03, 18:22

Mark Sukerberg

📱 Facebook asoschisi, amerikalik dasturchi, internet texnologiyalari olamidagi tadbirkor va milliarder Mark Sukerberg haqida eshitmagan odam boʻlmasa kerak.

👨🏻‍💻 U yoshligini kompyuter oldida oʻtkazishni xush koʻrgan, lekin boshqa bolalardan farqli oʻlaroq, u nafaqat foydali maʼlumotlar bilan qiziqqan, balki dasturlash tilini ham oʻrganib borgan. Natijada u 10-sinfda oʻqiyotganida stol oʻyinining kompyuterdagi dasturiy koʻrinishini yaratadi. Keyinroq u doʻsti bilan hammaga maʼlum “Winamp” mediapleyeriga qoʻshimcha ishlab chiqaradi, u foydalanuvchiga avval eshitgan musiqalari asosida yangi musiqalar tanlashda yordam berardi.

💰 Xuddi shu yili Microsoft kompaniyasi Sukerbergga u yaratgan ilova uchun 2 million dollar taklif qiladi. Ammo dasturchi shunday javob beradi: “Ilhom sotilmaydi”.

🚀 Bugungi kunga kelib dasturchining boyligi qariyb 102 mlrd AQSH dollarini tashkil qiladi va bu uni dunyodagi eng boy insonlar reytingida uchinchi oʻringa olib chiqdi.

🔹 Koʻrib turganingizdek, dasturlash sizga cheksiz imkoniyatlar eshiklarini ochadi, sizdan esa shunchaki kuchli ishtiyoq va matonat talab etiladi.

✅ Markazimizda Frontend va Backend dasturlash kurslarida taʼlim olib, oʻzingiz uchun imkoniyatlar eshiklarini oching!

Javaharlal Neru nomidagi
O'zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi

Dasturlash bu san'atdir, chunki u mavjud bilimlarni amaliy qo'llaydi, u yaratuvchanlik va tajribalarni talab etgan holda go'zallikni yaratadi.

O'rganishni boshlang Biz bilan bog'laning