Microsoft Corporation haqida 01.03.2021

Microsoft Corporation haqida

Microsoft Corporation sayyoramizdagi eng yirik transmilliy korporatsiyadan biri hisoblanadi. Kompaniya nafaqat kompyuter uchun, balki o‘yin pristavkalari, mobil telefonlar va boshqa moslamalar uchun dasturiy taʼminot ishlab chiqishda dunyoda yetakchi o‘rinni egallaydi.

🔹 Kompaniya asoschilari dasturlashga qiziqqan ikki do‘st: Bill Geyts va Pol Allen. Ular faoliyatlarini boshlab olguncha ko‘plab qiyinchiliklarga yo‘liqadilar, lekin kompaniya sifatida shakllangandan so‘ng birinchi yilda 16 ming dollar daromad qiladilar. 26 yil o‘tib esa Microsoft Corporation‘ning yillik aylanmasi 25,3 mlrd AQSH dollarini tashkil qilmoqda. 2019 yilda korporatsiya mutlaq rekord qo‘ydi — uning bozor kapitalizatsiyasi 1 trln AQSH dollaridan oshib ketdi. Avval bu ko‘rsatkich faqatgina Amazon va Apple kompaniyalari tomonidan zabt etilgan.

O‘zining qisqa tarixi davomida Microsoft 150 dan ziyod kompaniyani sotib oldi va ularni o‘zining shaxsiy brendiga aylantirishga ulgurdi: bular Skype, Vision, Yammer, Nokia va boshqalar.

💻 Microsoft‘ni mashhur qilgan eng yirik mahsulot — bu Windows dasturiy taʼminoti. Bundan tashqari, butun dunyoda millionlab foydalanuvchilar matnli va jadvalli hujjatlar bilan ishlash uchun Microsoft Office dasturlaridan foydalanib keladi.

Geytsning otasi shunday degan: “Yetti yoshida u kompyuterlarga qiziqib qoldi, boshi bilan kirib ketdi. Oz vaqt o‘tib, u kompyuter markaziga borib, do‘stlari bilan darslarga kirmay qo‘ydi. Sakkizinchi sinfda Geyts dasturlash orqali pul ishlashni boshladi”.

U o‘zi qiziqqan dasturlashni tanlab, Garvard universitetida o‘qishni tashlab ketdi. Garvard professorlari unga 30 yoshida millioner bo‘lishini vaʼda qilishardi, lekin u 31 yoshida milliarder bo‘ldi.

❗️ Xulosa shuki, dasturlash nihoyatda ulkan va istiqbolli sohalardan, bu soha vakillariga yuqori daromad to‘lanadi, lekin mutaxassislar soni kam. Bizning markazimizda dasturlash malakali mutaxassislar tomonidan noldan boshlab professional darajada o‘rgatiladi.

Javaharlal Neru nomidagi
O'zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi

Dasturlash bu san'atdir, chunki u mavjud bilimlarni amaliy qo'llaydi, u yaratuvchanlik va tajribalarni talab etgan holda go'zallikni yaratadi.

O'rganishni boshlang Biz bilan bog'laning