VPN tanlashda ehtiyot bo‘ling! 18.03.2021

VPN tanlashda ehtiyot bo‘ling!

🔸 Ko‘pchiligimiz cheklovlardan oshib o‘tish, bloklangan saytlarga kira olish uchun VPN ilovalaridan foydalanmiz. Ularning bepullari ham, muayyan miqdordagi to‘lovsiz ishlamaydiganlari ham bor. Agar siz bepulidan foydalanyotgan bo‘lsangiz, bir narsani bilib qo‘ying: sizning shaxsiy maʼlumotlaringiz xavf ostida bo‘lishi mumkin!

🔹 O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, nima uchun biror nomaʼlum kompaniya evaziga hech narsa olmay, sizga bepul xizmat ko‘rsatishi kerak? Javob oddiy — ular foydalanuvchilar haqidagi maʼlumotlarni sotuvga qo‘yib pul ishlaydilar.

🔸 Misol uchun, yaqinda (https://cybernews.com/security/one-of-the-biggest-android-vpns-hacked-data-of-21-million-users-from-3-android-vpns-put-for-sale-online/) Android uchun bepul VPN ilovalaridan foydalangan 21 million kishining shaxsiy maʼlumotlari sotuvga qo‘yildi. Bazadan 3 ta eng mashhur VPN ilovalari foydalanuvchilarining maʼlumotlari o‘rin olgan: GeckoVPN, ChatVPN va SuperVPN. Shularning uchinchisi Android uchun eng ko‘p yuklanadigan VPN ilovasi hisoblnadi va unda 100 mln foydalanuvchi bor.

🔹 Sotilayotgan bazada 21 millionta qaydlar bo‘lsa, ularning ichida foydalanuvchilarning elektron pochta manzillari, login va parollari, to‘lov maʼlumotlari mavjud. Unda foydalanuvchi qurilmasi, u qanday rusumda ekanligi va seriya raqami ham bor. Shuning uchun tavsiyamiz — imkon qadar VPN ilovalaridan foydalanmang va foydalansangiz ham, uni to‘g‘ri tanlang va ehtiyot bo‘ling.

Javaharlal Neru nomidagi
O'zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi

Dasturlash bu san'atdir, chunki u mavjud bilimlarni amaliy qo'llaydi, u yaratuvchanlik va tajribalarni talab etgan holda go'zallikni yaratadi.

O'rganishni boshlang Biz bilan bog'laning