Bolalar uchun vizual dasturlash (Scratch)

Bolalar uchun vizual dasturlash (Scratch)

Kompyuterda, telefonda yoki planshetda o‘yin o‘ynashni va 3D multfilmlarini tomosha qilishni yoqtirishingiz shubhasiz. Ularning qanday yaratilishini bilasizmi? Buning uchun dasturlar, ya’ni kompyuterga qahramonlarning ekran bo‘ylab harakatlanishini buyuruvchi buyruqlar to‘plami kerak bo‘ladi.

Endi esa – eng muhimi. Bunday dasturlarni o‘zingiz yaratishingiz mumkin! O‘z qahramonlaringiz ishtirok etuvchi o‘yinlarni o‘ylab topish, multfilmlarni chizish – xohlagan narsangizni qilishingiz mumkin. Ushbu maqsadda bolalar uchun maxsus Scratch dasturlash muhiti yaratilgan. Dasturlarni yig‘ish qulay bo‘lishi uchun, undagi barcha buyruqlar rangli blokli belgilar ko‘rinishida tasvirlangan. Bu “Lego” konstruktoriga o‘xshashdir. Shunchaki kubikchalarni olasiz va murakkab dastur yoki o‘yinni bir joyda yig‘asiz.

Kelinglar, dasturlashning g‘aroyib olamiga birgalikda yo‘lga tushamiz!

SCRATCH DASTURI INTERFEYSI

  • Kirish.

  • Scratch bu nima.

  • Asosiy algoritmik konstruksiyalar.

  • Scratch dasturi interfeysi bilan tanishish.

SCRATCH MUHITIDA ISHNI BOSHLASH

  • Sahna.

  • Fonni tahrirlash.

  • Fayldan fonni qo‘shish.

  • Spraytlar tushunchasi.

  • Yangi spraytlarni qo‘shish.

  • Yangi obyektlarni chizish.

SCRATCH DASTURINING ASOSIY SKRIPTLARI

  • Moviy quti – harakat buyruqlari.

  • To‘q yashil quti – chizish buyruqlari.

  • Binafsha rang quti – obyektning tashqi ko‘rinishi.

  • Kostyumlarni qo‘shish yordamida obyektni jonlantirish.

  • Sariq quti – nazorat.

  • Och binafsha rang quti – ovozlarni qo‘shish.

  • Dasturlarda shartli operatorlarni qo‘llash.

  • Sikllarning ishlash funksionalligi.

  • Belgilangan shartlarga ko‘ra harakatlarni bajarish sikllari.

  • Yashil quti – operatorlar.

  • Boshqaruv bloklari bilan birga arifmetik va mantiqiy bloklarni qo‘llash.

  • Voqealar.

  • Olov rang quti - o‘zgaruvchilar.

  • Ro‘yxatlar.

  • Ko‘k quti – sensorlar.

  • Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish.

BIR NECHTA OBYEKTLAR BILAN ISHLASH. ULARNING ISHINI SINXRONLASHTIRISH

  • Skriptlarning ketma-ket va parallel bajarilishi.

  • Spraytlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa.

  • Xabarlar almashish orqali boshqarish.

MINI-O‘YINLARNI YARATISHDA SCRATCH DASTURIDAN FOYDALANISH

  • Kompyuter o‘yinlari turlari.

  • Dastur listingini algoritmik ishlab chiqish.

  • O‘yin uchun boshlang‘ich spraytlarni ishlab chiqish.

  • Boshlang‘ich skriptlarni shakllantirish.

  • Turli spraytlar uchun skriptlar ishini sinxronlashtirish.

  • Bir sahnadan boshqasiga o‘tish. O‘yin interfeysini yaratish.

  • Internetdagi Scratch hamjamiyati.

  • Loyihalarni ko‘rish va nashr qilish.

IJODIY LOYIHANI ISHLAB CHIQISH

  • Ijodiy loyihani ishlab chiqish va himoya qilish

Kurs detallari

  • Daraja Boshlang'ich
  • Narxi 500 000 soʻm / oy
  • Davomiyligi 1 oy (24 soat)

Kursga yozilish

Ushbu kursga qabul yakunlangan

Batafsil

  • Dasturlash asoslari
  • Daraja Boshlang'ich
  • Narxi 500 000 soʻm / oy
  • Davomiyligi 1 oy (24 soat)

Dars kunlari

  • O'zbek guruhi (Du, Cho, Ju) 10:00-12:00
  • Rus guruhi (Se, Pa, Sha) 10:00-12:00
  • O'zbek guruhi (Se, Pa, Sha) 15:00-17:00
  • Rus guruhi (Du, Cho, Ju) 15:00-17:00

Javaharlal Neru nomidagi
O'zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi

Dasturlash bu san'atdir, chunki u mavjud bilimlarni amaliy qo'llaydi, u yaratuvchanlik va tajribalarni talab etgan holda go'zallikni yaratadi.

O'rganishni boshlang Biz bilan bog'laning