Clubhous qanday dastur? 22.02.2021

Clubhous qanday dastur?

👋 Clubhous — dastur jonli muloqotga asoslangan bo‘lib, unda muloqotni yozib olish, ovozni tezlashtirish, to‘xtatib qo‘yishning imkoni yo‘q. Clubhous'ga faqat do‘stingiz taklifi orqali kirishingiz mumkin.

🔹 Clubhous dasturi 2020-yil aprelida ishga tushirilgan ijtimoiy tarmoqdir. Clubhous'ning asoschilari Google'ning sobiq dasturchilari Pol Devison va Rogan Set.

🌡 Pandemiya davrida ommalasha boshlagan bo‘lsa-da, ushbu dasturdan Ilon Mask va Mark Sukerberg kabi mashhurlar ham foydalanishni boshlaganidan so‘ng juda ommalashib ketdi. Hattoki Ilon Mask Vladimir Putinni ham suhbatlashishga taklif etgan.

✅ Yanvar oyidagi maʼlumotlarga qaraydigan bo‘lsak, dasturda 3.6 mln foydalanuvchi mavjud bo‘lib, ularning 2 mln'i faol. Ommalashib borayotgan tarmoq 1 mlrd dollarga baholanmoqda.

😊 Sizning ham qo'lingizdan shunday dasturlar yaratish keladi. Faqatgina ishni dasturlashni o'rganishdan boshlash lozim.

Javaharlal Neru nomidagi
O'zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi

Dasturlash bu san'atdir, chunki u mavjud bilimlarni amaliy qo'llaydi, u yaratuvchanlik va tajribalarni talab etgan holda go'zallikni yaratadi.

O'rganishni boshlang Biz bilan bog'laning