IT mutaxassisi boʻlish niyatidagi yoshlar diqqatiga! 09.03.2021

IT mutaxassisi boʻlish niyatidagi yoshlar diqqatiga!

Markazimiz oʻquvchilariga imkoniyatlar eshiklari yanada kattaroq ochilmoqda. Qanday deysizmi? Unda diqqatingizni bir joyga qoʻyib, ushbu postni oxirigacha oʻqing!

Markazimiz oʻquvchilari oʻquv kurslarimizni tugatganlaridan soʻng, sertifikatlarni olishlari bilan bizni tark etmaydilar. Endilikda biz sizlarga markazimizda egallagan bilimlaringizni amaliyotda sinab koʻrish va ishga joylashish imkoniyatini taqdim etamiz. Siz tajriba oʻtash joyini yoki ish joyini izlab yurmaysiz. Bu ishni sizning oʻrningizga biz bajaramiz! Ha-Ha, toʻgʻri eshitdingiz! Hayron boʻlmang! Axir, IT-Park bilan tuzilgan memorandum faqatgina markazimiz oʻquvchilari manfaatlari koʻzlangan holda imzolangan. Oʻquvchilarimiz IT-Park'ning rezident kompaniyalarida amaliyot oʻtashlari, tajriba oshirishlari, ishga joylashishlari mumkin.

Buning natijasida siz nimalarga erishasiz? Professionallarga ishoning, degan iborani eshitganmisiz? Ha, yashang, siz aynan oʻzingiz tanlagan yoʻnalish boʻyicha PROFESSIONAL boʻlib yetishib chiqasiz va oʻz sohangizning yetakchisiga aylanasiz!
Qiziqtirib qoʻydimi? Unda kurslarimizga marhamat

Javaharlal Neru nomidagi
O'zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi

Dasturlash bu san'atdir, chunki u mavjud bilimlarni amaliy qo'llaydi, u yaratuvchanlik va tajribalarni talab etgan holda go'zallikni yaratadi.

O'rganishni boshlang Biz bilan bog'laning